Ma'muriy javobgarlik kodeksi

146-modda. Havo, temir yo'l, suv va avtomobil transportida yuklarning saqlanishini ta'minlash qoidalarini buzish

(146-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Temir yo'lning yuk tashish uchun mo'ljallangan qatnov tarkibiga, konteynerlarga, suzuvchi va boshqa transport vositalariga, shuningdek yuk tashuvchi moslamalarga shikast yetkazish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Havo kemalari, yuk vagonlari, avtomobillar, avtomobil tirkamalari, konteynerlarning, suzuvchi vositalar tryumlari va boshqa yukxonalarining plombalariga va bekitkich qurilmalariga shikast yetkazish, ularning plombalarini buzish, ayrim yuk o'rinlariga va yuk o'ramalariga, paketlariga, yuk qo'ralarining, temir yo'l stantsiyalarining, yuk avtomobillari stantsiyalarining, konteyner punktlarining (maydonchalarining), portlarning (pristanlarning) va yuk tashish bilan bog'liq bo'lgan operatsiyalarni bajarish uchun foydalaniladigan omborlarning to'siqlariga shikast yetkazish, shuningdek tegishli ruxsati bo'lmay turib yuk qo'ralariga, konteyner punktlariga (maydonchalariga), portlar (pristanlar), shlyuzlarning yuk turgan hududlariga (joylariga) va yuqorida zikr etilgan omborlarga kirish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Havo, temir yo'l, suv va avtomobil transportida yuklarning but saqlanishini ta'minlash qoidalarini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.