Ma'muriy javobgarlik kodeksi

133-modda. Transport vositalari haydovchilarining yo'l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi

(133-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 25 августдаги ЎРҚ-711-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.08.2021 й., 03/21/711/0825-сон — 2021 йил 27 ноябрдан кучга киради)

Transport vositalari haydovchilarining yo'l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa, bundan jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga olib kelmagan yo'l-transport hodisasi sodir etilganda yo'l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yo'l-transport hodisasi to'g'risida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo'ladi. Ancha miqdordagi moddiy zarar deganda, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdoridan oshib ketgan zarar tushuniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.