Ma'muriy javobgarlik kodeksi

128⁷-modda. Yo'nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo'ldan transport vositalarining harakatlanishi

(128⁷-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 апрелдаги ЎРҚ-1055-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.04.2025 й., 03/25/1055/0330-сон)

Yo'nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo'ldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.