Suv transporti sohasida kemalarning portga kirishi va portdan chiqishi, port suvlarida kemalarning harakati va turishi hamda shatakka olinishi qoidalarini yoxud signal chiroqlari berish, tovush signallar, shuningdek ko'rilma va kunduzgi signallar almashinishning belgilangan tartibini buzish yoki kema yo'liga baliq tutish qurilmalarini o'rnatish —
bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Port suvlarida tegishli ruxsati bo'lmay turib g'avvoslik ishlarini bajarish, shunday ishlarni olib borgan chog'da signallar berish qoidalariga rioya qilmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Suv transportida xavfsizlikni ta'minlovchi signal va aloqa inshootlari hamda qurilmalarini shikastlantirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ndan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
118-modda. Suv transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish
(118-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.