Ma'muriy javobgarlik kodeksi

116-modda. Uchish xavfsizligi qoidalarini buzish

(116-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Aerodrom hududida aerodromlarni tanib olish uchun qabul qilingan markirovka belgilariga va qurilmalarga o'xshash biror-bir belgi va qurilma o'rnatish yoki aerodrom hududida parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo'lgan faoliyatni belgilangan tartibda kelishilmagan holda amalga oshirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Binolar va inshootlarda tungi va kunduzgi markirovka belgilarini yoki qurilmalarini o'rnatish qoidalarini bajarmaganlik, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Aerodrom uskunalarini, aerodrom belgilarini, havo kemalarini va ularning uskunalarini shikastlantirish, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Tegishli ruxsati bo'lmay turib aeroportlar (aerovokzallardan tashqari), aerodromlar, uchishni radio va yorug'lik bilan ta'minlab turuvchi ob'yektlar hududida piyoda yoki transportda yurish, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta'sirida yoki o'zgacha tarzda mastlik holatida bo'lgan shaxs tomonidan havo kemasini boshqarish, xuddi shuningdek bunday holatda bo'lgan ekipaj a'zolarining havo kemasini boshqarishiga ijozat berish yoxud havo kemasini boshqaruvchi shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta'siridagi yoki o'zgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibga muvofiq tekshiruvdan o'tishdan bo'yin tovlashi, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Baxtsiz aviatsiya hodisasi deb topilgan hodisani, u haqidagi ma'lumotlarni qasddan yashirish, xuddi shuningdek ushbu hodisa to'g'risidagi axborotni qasddan buzib ko'rsatish, bortdagi va yerdagi ob'yektiv nazorat vositalarining ma'lumotlariga hamda baxtsiz aviatsiya hodisasi bilan bog'liq boshqa daliliy materiallarga qasddan shikast yetkazish yoki ularni qasddan yo'q qilib yuborish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.