Temir yo'l transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini buzish, —
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Temir yo'l transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi buzilishi bilan bog'liq hodisani, u haqidagi ma'lumotlarni qasddan yashirish, xuddi shuningdek ushbu hodisa to'g'risidagi axborotni qasddan buzib ko'rsatish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Temir yo'l transportida va metropolitenda yo'lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish qoidalarini buzish, —
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
113¹-modda. Temir yo'l transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini hamda yo'lovchilarni, bagajni va yuk bagajini tashish qoidalarini buzish
(113¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 февралдаги ЎРҚ-1118-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.02.2026 й., 03/26/1118/0120-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 10 май)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.