Ma'muriy javobgarlik kodeksi

111-modda. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lish

(111-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)

Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lish, ya'ni ularni g'arazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish, — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo'lsa yoki hayvonlarning o'limiga yoxud mayib bo'lishiga olib kelsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.