Ma'muriy javobgarlik kodeksi

107-modda. O'simliklar karantini ob'yektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini (choralarini) hamda boshqa qoidalarni buzish

(107-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 январдаги ЎРҚ-898-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.01.2024 й., 03/24/898/0046-сон)

O'simliklar karantini ob'yektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini hamda boshqa qoidalarni karantin ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash, realizatsiya qilish va yo'q qilish chog'ida buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Fitosanitariya choralariga rioya qilmaslik, shu jumladan o'simliklar karantini ob'yektlari va boshqa zararli organizmlar tarqalishining oldini olish choralarini ko'rmaganlik — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. O'z hududida o'simliklar karantini ob'yektlari va boshqa zararli organizmlarni aniqlagan, fitosanitariya dala nazoratini o'tkazish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligiga ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan hamda ularning o'choqlari kengayishiga yo'l qo'ymaslik va ularni bartaraf etish bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan choralar ko'rgan shaxslar ma'muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.