Mansabdor shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan gazdan foydalanish qurilmasiga gazni ruxsatsiz ochib berish yoki gaz iste'mol qilishning belgilangan tartibiga rioya qilmaslik yoxud gazdan foydalanish qurilmalarida gaz sarflashning tasdiqlangan solishtirma normalarisiz gaz sarflash yoki bunday normalardan ortiqcha sarflash —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Mansabdor shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan gazdan foydalanish qurilmalarini gaz sarfini hisobga olmay turib yoki gaz qo'llanib hosil qilinadigan issiqlik energiyasi va mahsulotlarni hisobga olmay turib ishlatish yoxud gazdan foydalanish qurilmasi loyihasida nazarda tutilgan gaz yonish jarayonini avtomat tarzda boshqarib turuvchi vositalarning, issiqlik texnikasi nazorati asboblarining yoki gazdan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlovchi issiqlikdan foydalanish uskunalarining bo'lmasligi (buzuqligi) —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Gaz iste'mol qiluvchi korxona, muassasa va tashkilotlar uchun nazarda tutilgan rezerv yoqilg'i xo'jaligining ishga tayyor emasligi yoki gazdan foydalanish qurilmalarining belgilangan rezerv yoqilg'i turlarida ishlashga tayyor emasligi —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
103-modda. Gazdan yoqilg'i yoki xom ashyo sifatida foydalanish bilan bog'liq bo'lgan huquqbuzarliklar
(103-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 мартдаги ЎРҚ-1121-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.03.2026 й., 03/26/1121/0222-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 13 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.