Mikromoliya tashkilotlari:
mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshirishga;
to'lov agenti (subagenti) yoki banklarning, sug'urta va boshqa moliya tashkilotlarining agenti vazifalarini amalga oshirishga;
o'zi amalga oshirayotgan faoliyat bilan bog'liq maslahat va axborot xizmatlarini ko'rsatishga;
tadbirkorlik sub'yektlariga mikrokredit summasidan oshadigan miqdorda kreditlar, lizing, kafolatlar berishga, pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) xizmatlarini va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko'rsatishga;
yuridik shaxslarga chet el valyutasida mikrokredit berishga hamda ushbu qismning beshinchi xatboshisida ko'rsatilgan moliyaviy xizmatlarni chet el valyutasida ko'rsatishga;
to'lov tashkiloti faoliyatini mazkur tashkilotlar uchun belgilangan tartibda amalga oshirishga haqli.
Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar deganda islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan ishlab chiqilgan tartibda ko'rsatiladigan moliyaviy xizmatlar tushuniladi.
Lombardlar:
shaxsiy iste'molga mo'ljallangan ko'char mol-mulkning (ashyoning) zakalat tarzidagi garovi asosida jismoniy shaxslarga qisqa muddatli (bir yilgacha) mikroqarzlar berishga;
jismoniy shaxslardan shaxsiy iste'molga mo'ljallangan ko'char mol-mulkni (ashyoni) vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilishga haqli.
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari:
1) quyidagilar orqali ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni amalga oshirishga:
a) banklarga ular tomonidan berilgan yoki beriladigan ipoteka kreditlariga moliyaviy mablag'lar taqdim etishga;
b) banklar tomonidan berilgan ipoteka kreditlari bo'yicha talab qilish huquqini olishga;
v) pul mablag'larini banklar tomonidan chiqarilgan ipoteka qimmatli qog'ozlariga joylashtirishga;
2) ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish bilan bog'liq maslahat va axborot xizmatlarini ko'rsatishga haqli.
Kafolatlar berish tashkiloti:
shaxsning kredit tashkiloti oldidagi pul majburiyatini bajarish bo'yicha kafolat (kafillik) berishga;
kredit tashkilotlariga ular tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan xizmatlarni ko'rsatish uchun moliyaviy mablag'lar taqdim etishga;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa moliyaviy xizmatlarni ko'rsatishga haqli.
Kafolatlar (kafilliklar) berish bo'yicha faoliyatni professional asosda amalga oshirish deganda, bank yoki sug'urta tashkiloti bo'lmagan yuridik shaxsning bir yil davomida o'n martadan ko'p kafolatlar (kafilliklar) berishi tushuniladi, bundan mazkur yuridik shaxs tomonidan uning ta'sischilari (aktsiyadorlari, ishtirokchilari) bo'lgan shaxslarga yoki xodimlariga bergan kafolatlar (kafilliklar) mustasno.
Faktoring tashkilotlari:
pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasiga asosan moliya agenti sifatida talab qilish huquqini olishga yoki boshqa shaxsga berishga;
pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasi bo'yicha mijoz uchun buxgalteriya hisobini yuritishga, shuningdek mijozga boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi bo'lgan pul talabnomalari bilan bog'liq boshqa moliyaviy xizmatlar ko'rsatishga haqli.
Nobank kredit tashkilotlari xizmatlarni masofadan turib (elektron xizmatlar) ko'rsatishga, O'zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog'ozlarini, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini va ularning qarz qimmatli qog'ozlarini sotib olishga, bo'sh pul mablag'larini bankka omonatlar (depozitlar) sifatida kiritishga, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo'lishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun
4-modda. Nobank kredit tashkilotlarining faoliyati
(4-модда биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонунига асосан бешинчи, олтинчи ва еттинчи хатбошилар билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.