«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun

28-modda. Nobank kredit tashkilotlariga nisbatan qo'llaniladigan choralar va sanktsiyalar

(28-модда иккинчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)

Markaziy bank nobank kredit tashkilotlariga nisbatan: nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablarini, shu jumladan belgilangan prudentsial normativlarni hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunchilik talablarini buzganlik; ular xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini buzganlik; faoliyatni xabardor qilish tartibida amalga oshirish uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi to'g'risida Markaziy bankka yolg'on yoki noto'g'ri axborot berganlik uchun choralar va sanktsiyalar qo'llashga haqli; axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta'minlashga doir talablarni bajarmaganlik. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan qoidabuzarliklar aniqlanganda Markaziy bank quyidagi choralar va sanktsiyalarni qo'llashga haqli: nobank kredit tashkilotlariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to'g'risida, shu jumladan nobank kredit tashkilotlari xizmatlari iste'molchilarining huquqlari buzilishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish haqida ijro etilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar yuborish; ayrim operatsiyalarni o'tkazishni uch oygacha bo'lgan muddatga cheklash; nobank kredit tashkilotining o'z kapitalining besh foizigacha miqdorda jarima undirish; nobank kredit tashkiloti to'g'risidagi ma'lumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish; xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni to'xtatib turish yoki tugatish. Choralar va sanktsiyalarni qo'llashda Markaziy bank quyidagilarni hisobga oladi: tavakkalchilik darajasini, qoidabuzarliklar xususiyatini, miqyosini va ularning oqibatlarini; qoidabuzarliklarning tizimliligi va davomiyligini; yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklarning nobank kredit tashkilotining moliyaviy holatiga ta'sirini; qo'llaniladigan choralar va (yoki) sanktsiyalar natijasida vaziyatni o'zgartirish imkoniyatini; aniqlangan qoidabuzarliklarning va (yoki) tavakkalchiliklarning yuzaga kelishiga olib kelgan sabablarni; ilgari qo'llanilgan choralar va sanktsiyalarning samaradorligini (natijadorligini).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.