«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun

26-modda. Prudentsial normativlarga rioya etish

(26-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)

Ushbu Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatilgan mablag'lar hisobidan faoliyatni amalga oshiruvchi mikromoliya tashkilotlari va faktoring tashkilotlari, shuningdek ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari va kafolatlar berish tashkilotlari prudentsial normativlarga rioya etishi shart. Prudentsial normativlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: kapitalning yetarlilik koeffitsiyentlarini; likvidlilik koeffitsiyentlarini; bir qarz oluvchiga yoki o'zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng ko'p miqdorini; mikromoliya tashkilotiga kafolatlar berish tashkilotiga yoki faktoring tashkilotiga aloqador bo'lgan shaxslar uchun tavakkalchilikning eng ko'p miqdorini; yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va (yoki) qarz qimmatli qog'ozlariga investitsiyalarning eng ko'p miqdorini. Lombardlarning, shuningdek faoliyatni o'z mablag'lari, banklarning kreditlari va o'z ishtirokchilaridan (aktsiyadorlaridan) jalb etilgan qarz mablag'lari hisobidan amalga oshiruvchi mikromoliya tashkilotlarining va faktoring tashkilotlarining prudentsial talablarga rioya etishi talab etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.