Mikromoliya tashkilotining, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining, kafolatlar berish tashkilotining yoki faktoring tashkilotining faoliyati u haqidagi ma'lumotlarni tegishincha mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestriga, kafolatlar berish tashkilotlari reyestriga yoki faktoring tashkilotlari reyestriga kiritish vositasida hisob ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Lombard faoliyati lombard faoliyatini boshlaganlik to'g'risidagi xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi. Xabarnoma qabul qilinganligini tasdiqlash lombardni lombardlar reyestriga kiritish vositasida amalga oshiriladi.
Lombard o'z faoliyatini boshlaganlik haqidagi xabarnomani yuborguniga qadar kassa xonalarining Markaziy bank talablariga muvofiqligini ta'minlashi shart. Mazkur talabni bajarish o'rniga lombard o'z faoliyatini kompleks sug'urtalash polisini taqdim etishga haqli.
Mikromoliya tashkiloti naqd pullar va qimmatliklar bilan faoliyatni amalga oshirish chog'ida ularning butligini, daxlsizligini va xavfsizligini ta'minlashi shart.
Mikromoliya tashkilotining, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining kafolatlar berish tashkilotining, faktoring tashkilotining ular hisob ro'yxatidan o'tguniga qadar amalga oshiriladigan faoliyati, shuningdek lombard faoliyatini boshlaganlik to'g'risidagi xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanguniga qadar lombardning amalga oshiriladigan faoliyati g'ayriqonuniy deb hisoblanadi. Bunday faoliyat natijasida olingan daromad O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga olib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun
19-modda. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish shartlari
(19-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.