«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun

13-modda. Nobank kredit tashkilotining firma nomi

(13-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)

Nobank kredit tashkilotining firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shakliga ko'rsatma, shuningdek tashkilotning turiga qarab «mikromoliya tashkiloti», «faktoring tashkiloti», «ipotekani qayta moliyalashtirish» yoki «lombard» degan so'z yoki so'z birikmasi, mikromoliya tashkilotining qisqartirilgan nomida esa (mavjud bo'lganda) «MMT» degan qisqartma so'z bo'lishi kerak. O'zbekiston Respublikasi hududida ilgari tashkil etilgan yoki tashkil etilayotgan banklarning yoxud nobank kredit tashkilotlarining firma nomlari bilan chalkashtirib yuborish darajasida o'xshash bo'lgan firma nomlaridan foydalanish taqiqlanadi, bundan nobank kredit tashkilotlarining ularni tashkil etgan banklarning yoki aktsiyadorlarning ular tashkil etgan banklarning firma nomlaridan foydalanishi, shuningdek o'z faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirgan mikromoliya tashkilotlari foydalanishi mustasno. Nobank kredit tashkiloti rasmiy blankalarda, muhrlarda, shtamplarda va o'z faoliyati bilan bog'liq boshqa hujjatlarda, shuningdek reklamada, peshlavhalarda, bosma ma'lumotnomalarda va bosma nashrlarda o'z ustavida belgilanganidan farq qiladigan firma nomidan foydalanishga haqli emas. Nobank kredit tashkilotining turlaridan biri sifatida davlat ro'yxatidan o'tgan, biroq davlat ro'yxatidan o'tganidan keyin uch oy davomida hisob ro'yxatidan o'tish uchun hujjatlarni taqdim etmagan yuridik shaxslar o'z firma nomida «mikromoliya tashkiloti», «ipotekani qayta moliyalashtirish», «faktoring tashkiloti» so'z birikmasidan yoki «MMT» degan qisqartma so'zdan, shuningdek lombard faoliyatini boshlaganlik haqida Markaziy bankka xabarnoma yubormagan yuridik shaxslar — «lombard» degan so'zdan foydalanish huquqiga ega emas. Nobank kredit tashkilotlari bo'lmagan yuridik shaxslar o'z firma nomida faktoring tashkilotining, lombardning faoliyatini, ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish yoki jismoniy shaxslarga kredit berish faoliyatini amalga oshirishini anglatuvchi so'zdan, so'z birikmasidan va (yoki) qisqartirma so'zdan foydalanishga haqli emas, bundan ushbu faoliyatni qonunchilikka muvofiq amalga oshiruvchi yuridik shaxslar mustasno. Ushbu moddaning talablari kafolatlar berish tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.