Jamoa kelishuvi u imzolangan kundan e'tiboran yoki jamoa kelishuvida belgilangan kundan e'tiboran kuchga kiradi hamda ushbu kelishuvda nazarda tutilgan muddat ichida, biroq ko'pi bilan uch yil amal qiladi. Ko'rsatilgan muddat tugagach, jamoa kelishuvi taraflar yangisini tuzguniga yoki amaldagi jamoa kelishuviga o'zgartish va qo'shimchalar kiritguniga qadar bo'lgan davrda amal qiladi. Jamoa kelishuvining amal qilish muddati tugaguniga qadar taraflar uni uzaytirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
91-modda. Jamoa kelishuvlarining kuchga kirishi va amal qilish muddati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.