Jamoa kelishuvlarining mazmuni va tuzilishini taraflar belgilaydi.
Jamoa kelishuvlarida:
mehnatga haq to'lash, mehnat shartlari va mehnatni muhofaza qilish, mehnat va dam olish rejimi to'g'risidagi;
mehnatga haq to'lashni narxlarning o'zgarishlaridan, inflyatsiya darajasidan, jamoa kelishuvlarida belgilangan ko'rsatkichlarning bajarilishidan kelib chiqqan holda tartibga solish mexanizmi haqidagi;
eng kam miqdori qonunchilikda nazarda tutiladigan kompensatsiya tarzidagi qo'shimcha to'lovlar to'g'risidagi;
xodimlarning bandligiga, ularni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, ularning malakasini oshirishga ko'maklashish haqidagi;
ekologik xavfsizlikni ta'minlash hamda ishlab chiqarishda xodimlarning sog'lig'ini muhofaza qilish to'g'risidagi;
xodimlarni va ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilish bo'yicha maxsus tadbirlar haqidagi;
davlat tashkilotlarini xususiylashtirish chog'ida xodimlarning manfaatlari hisobga olinishi to'g'risidagi;
yuqoriroq darajada ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan shaxslar (homilador ayollar, nogironligi bo'lgan shaxslar, o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar va boshqalar) uchun qo'shimcha ish o'rinlari tashkil etayotgan ish beruvchilarga beriladigan imtiyozlar haqidagi;
ijtimoiy sheriklikni va uch tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalarini tuzishga ko'maklashish, mehnat nizolarining oldini olish, mehnat intizomini mustahkamlash to'g'risidagi qoidalar nazarda tutilishi mumkin.
Jamoa kelishuvlarida qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir qoidalar bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn85-modda. Jamoa kelishuvlarining mazmuni va tuzilishi
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Jamoa kelishuvida ishchi va ish beruvchi o'z manfaatlarini himoya qilish uchun kelishadilar. Unda ish haqi, ish vaqti, dam olish, sog'lig'i muhofaza qilish va boshqa muhim masalalar yoziladi. Kelishuvda inflyatsiya, bonus, ijtimoiy yordam va xodimlarni tayyorlash haqida ham qoidalar bo'lishi mumkin.
**Kimga tegishli**
Bu kelishuvni ish beruvchi, ishchilar va ularning vakillari birgalikda tuzadilar.
**Amalda**
Zavod direktori va ishchilar vakillari kelishuvda yozadilar: "Ish haqi har yil inflyatsiyaga qarab ko'paytiriladi, homilador ayollar uchun qo'shimcha ish o'rinlari ochiladi, xodimlar malakasini oshirish kurslariga yuboriladi." Bu kelishuvga barcha tomon imzo qo'yadi va amal qiladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.