Mehnat kodeksi

83-modda. Tarmoq jamoa kelishuvlari

(83-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Tarmoq jamoa kelishuvlari xodimlar va ish beruvchilarning tegishli vakillari o'rtasida, shuningdek taraflarning taklifiga ko'ra tegishli tarmoqdagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan tuziladi. O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tegishli tarmoqdagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ish beruvchilar sifatida ish yuritadigan hollarda tarmoq jamoa kelishuvlarining tarafi bo'lib ishtirok etadi. Tarmoq jamoa kelishuvlari tegishli tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini, mehnat shartlarini va unga haq to'lashni, tarmoq xodimlari uchun ijtimoiy kafolatlarni belgilaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.