Mehnat kodeksi

7-modda. Mehnat huquqlari ta'minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi printsipi

Mehnat to'g'risidagi qonunchilik quyidagilarni ta'minlaydigan vositalar va usullar majmuini mustahkamlaydi: xodimlarning va ish beruvchilarning mehnat to'g'risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida belgilangan mehnat sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini; mehnat to'g'risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida belgilangan majburiyatlarning ish beruvchilar va xodimlar tomonidan bajarilishini; xodimlar va ish beruvchilarning mehnat huquqlari himoya qilinishini hamda buzilgan huquqlari tiklanishini; xodimlarning mehnat huquqlari, mehnat to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi uchun ish beruvchining javobgarligini, shuningdek o'z mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun xodimning javobgarligini.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.