Jamoa shartnomasida quyidagi shartlar bo'lmasligi kerak:
xodimlarning holatini mazkur xodimlarga tatbiq etiladigan qonunchilikka yoki jamoa kelishuvlariga nisbatan yomonlashtiradigan;
mehnat va mashg'ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;
majburiy mehnatni taqiqlash to'g'risidagi talablarni buzadigan;
ichki darajada hal etilishi mumkin bo'lgan masalalardan tashqariga chiqadigan.
Agar jamoa shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlar bo'lsa, bunday shartlar haqiqiy emasdir. Jamoa shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi jamoa shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
68-modda. Jamoa shartnomasi shartlarining haqiqiy emasligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.