Ijtimoiy sheriklikning har qanday tarafi jamoaviy muzokaralar tashabbuskori bo'lishi mumkin.
Avvalgi jamoa kelishuvining, jamoa shartnomasining amal qilish muddati tugaguniga qadar uch oy ichida yoki ushbu hujjatlarda belgilangan muddatlarda ijtimoiy sheriklikning har qanday tarafi boshqa tarafga yangi jamoa kelishuvini, jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralar boshlash to'g'risida yozma xabar yuborishga haqlidir.
Ish beruvchilarning manfaatlarini ifoda etuvchi shaxslar, shuningdek ish beruvchilar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, siyosiy partiyalar tashkil etgan yoki moliyalashtiradigan tashkilotlar yoxud organlar tomonidan xodimlar nomidan jamoaviy muzokaralar olib borilishiga hamda jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomasi tuzilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Ijtimoiy sheriklik taraflari tegishli so'rov olingan kundan e'tiboran ikki haftadan kechiktirmay jamoaviy muzokaralar olib borish uchun zarur bo'lgan o'zidagi mavjud axborotni bir-biriga taqdim etishi kerak.
Jamoaviy muzokaralar ishtirokchilari, jamoaviy muzokaralar olib borish bilan bog'liq bo'lgan boshqa shaxslar olingan ma'lumotlarni, agar ushbu ma'lumotlar davlat sirlariga yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirga taalluqli bo'lsa, oshkor qilmasligi lozim.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
60-modda. Jamoaviy muzokaralar olib borishga bo'lgan huquq
(60-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.