Ish beruvchi tomonidan jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) jarayonida mehnat jamoasi bilan erishilgan kelishuvlarda belgilangan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda tugatilgan ish tashlash qayta tiklanishi mumkin.
Ish tashlashni qayta tiklash uchun jamoaviy mehnat nizosini yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari asosida qayta ko'rib chiqish talab qilinmaydi.
Kasaba uyushmasi qo'mitasi ish beruvchini va jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo'yicha davlat organini ish tashlash qayta tiklanishi to'g'risida kamida yetmish ikki soat oldin yozma ravishda ogohlantirishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn588-modda. Ish tashlashni qayta tiklash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.