Ish tashlashni e'lon qilish to'g'risidagi qaror tashkilot (filial, vakolatxona yoki boshqa alohida tarkibiy bo'linma) xodimlarining umumiy yig'ilishida (konferentsiyasida) qatnashayotgan xodimlarning (delegatlarning) ellik foizidan ko'prog'i yoqlab bergan ovozi bilan qabul qilinadi.
Tashkilot (filial, vakolatxona yoki boshqa alohida tarkibiy bo'linma) xodimlarining umumiy yig'ilishi (konferentsiyasi) tomonidan ish tashlashni e'lon qilish to'g'risida qaror qabul qilish ish tashlash boshlanishidan kamida bir oy oldin ushbu Kodeksning 36-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ish tashlashni e'lon qilish to'g'risidagi qarorda quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
ish tashlashni e'lon qilish va o'tkazish uchun asos bo'lgan jamoaviy mehnat nizosi taraflarining kelishmovchiliklari ro'yxati;
ish tashlash boshlanadigan sana, vaqt va joy;
ish tashlashga rahbarlik qiluvchi va uning ish tashlash chog'idagi vakolatlari to'g'risidagi ma'lumotlar;
xodimlarning yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillarida ishtirok etuvchi vakillari ro'yxati.
lex.uz’dagi asl matn582-modda. Ish tashlashni e'lon qilish to'g'risida qaror qabul qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.