O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo'yicha davlat organlaridir.
Ish beruvchi jamoaviy mehnat nizosi boshlangan paytdan e'tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo'yicha davlat organini tashkilotda nizo yuzaga kelganligi haqida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
ijtimoiy sheriklikning tarmoq va respublika darajasida yuzaga keladigan jamoaviy mehnat nizolarining hisobini yuritadi;
jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishga ko'maklashadi;
mehnat arbitrlarini hisobga olish bo'yicha ma'lumotlar bazasini yuritadi;
mehnat arbitrlarini tayyorlashni tashkil etadi;
jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida ko'rib chiqishga doir ishlarni tashkil etish to'g'risidagi tavsiyalarni tasdiqlaydi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari.
ijtimoiy sheriklikning birlamchi va hududiy darajasida yuzaga keladigan jamoaviy mehnat nizolarining hisobini yuritadi;
jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishga ko'maklashadi.
Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo'yicha davlat organlari o'z vakolatlari doirasida:
zarur bo'lgan taqdirda, jamoaviy mehnat nizosi taraflari vakillarining vakolatlarini tekshiradi;
jamoaviy mehnat nizolarining yuzaga kelish sabablarini aniqlaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
jamoaviy mehnat nizosining taraflariga uni ko'rib chiqish va tartibga solishning barcha bosqichlarida uslubiy yordam ko'rsatadi.
Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo'yicha davlat organlari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishga doir ishlarni tashkil etish chog'ida xodimlar va ish beruvchilarning vakillari bilan hamkorlik qiladi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
577-modda. Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo'yicha davlat organlari
(577-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.