Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta'rifi noto'g'ri deb yoki qonunchilikka muvofiq emas deb topilgan taqdirda, sud ushbu ta'rifni o'zgartiradi va qarorda mehnat shartnomasini bekor qilish asosini qonunchilikka qat'iy muvofiq ravishda qonunning tegishli moddasiga (qismiga, bandiga, xatboshiga) havola qilgan holda ko'rsatadi.
Sud qonunchilikda nazarda tutilgan kafolatlarni berish to'g'risidagi va xodimga tegishli ishdan bo'shatish nafaqasining miqdori haqidagi masalani bir vaqtning o'zida hal qiladi.
Agar sud mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta'rifi xodimning sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'siga putur yetkazadi deb topsa, unda sud xodimga yetkazilgan ma'naviy ziyonni uning talabiga ko'ra kompensatsiya qilish masalasini hal etadi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
568-modda. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta'rifini o'zgartirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.