Mehnat nizolari bo'yicha komissiya majlis o'tkazilguniga qadar:
yakka tartibdagi mehnat nizosini to'g'ri hal qilish uchun ahamiyatga molik bo'lgan holatlarni aniqlaydi (isbotlash predmetini aniqlaydi);
nizoni hal qilishda tayanish kerak bo'lgan qonunlar va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar doirasini aniqlaydi;
nizoni ko'rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning tarkibini aniqlashtiradi;
har bir taraf o'z talablarini asoslash uchun taqdim etishi kerak bo'lgan dalillar ro'yxatini belgilaydi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
550-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari bo'yicha komissiyada ko'rib chiqish uchun tayyorlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.