Mehnat kodeksi

549-modda. Mehnat nizolari bo'yicha komissiyaga ariza berish tartibi

Xodimning mehnat nizolari bo'yicha komissiyaga kelib tushgan arizasi ro'yxatdan o'tkazilishi shart. Xodimning mehnat nizolari bo'yicha komissiyaga berilgan arizasida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: sana (xodim o'z huquqi buzilganligi to'g'risida bilgan yoki bilishi kerak bo'lgan va u komissiyaga murojaat qilish uchun muddatning o'tishi boshlanishini qaysi sana bilan bog'lasa, o'sha sana); xodimning vajlarini tasdiqlovchi o'zida mavjud bo'lgan vajlar; xodimning talablari; arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar ro'yxati.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.