Yakka tartibdagi mehnat nizolari quyidagilar tomonidan ko'rib chiqiladi:
mehnat nizolari bo'yicha komissiyalar tomonidan, bundan bevosita sudda ko'riladigan nizolar mustasno;
sud tomonidan.
Xodim mehnat nizosini hal qilish uchun o'z tanloviga ko'ra mehnat nizolari bo'yicha komissiyaga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqli.
Har qanday yakka tartibdagi mehnat nizosi mehnat nizolari bo'yicha komissiyada yoki sudda ko'rib chiqishning istalgan bosqichida, sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun kirishidan oldin «Mediatsiya to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko'rib chiqish uchun mediatorga o'tkazilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
545-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko'rib chiquvchi organlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.