Mehnat kodeksi

535-modda. O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspektsiyasi

(535-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)

O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspektsiyasi (bundan buyon matnda Davlat mehnat inspektsiyasi deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tarkibiy bo'linmasi bo'lib, u ish beruvchilar tomonidan mehnat to'g'risidagi qonunchilik, aholining bandligi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish, nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risidagi qonunchilik, mehnat to'g'risidagi boshqa huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish qoidalari hamda mehnat standartlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.