Mehnat kodeksi

521-modda. Umumiy qoidalar

O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi va yashash guvohnomasiga ega bo'lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga (bundan buyon matnda chet el fuqarolari deb yuritiladi) nisbatan mehnat to'g'risidagi qonunchilikning umumiy normalari tatbiq etiladi. Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan va yashash guvohnomasiga ega bo'lmagan chet el fuqarolariga nisbatan mehnat to'g'risidagi qonunchilik ushbu bobda nazarda tutilgan o'ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.