Mehnat kodeksi

506-modda. Ish beruvchi bo'lgan mikrofirma xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish

Ish beruvchi bo'lgan mikrofirma xodimi ish beruvchi bo'lgan mikrofirmani yetti kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda, mehnat shartnomasini o'z tashabbusiga ko'ra bekor qilishga haqli. Ish beruvchi bo'lgan mikrofirma o'z xodimi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslardan tashqari mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra bekor qilishga haqli. Ish beruvchi bo'lgan mikrofirma xodimi bilan tuzilgan mehnat shartnomasida sodir etilganligi uchun mehnat shartnomasini ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga muvofiq bekor qilishga yo'l qo'yiladigan mehnat majburiyatlarining bir marta qo'pol ravishda buzilishlari ro'yxati nazarda tutilishi mumkin. Ish beruvchi bo'lgan mikrofirma xodimini mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risida ogohlantirish muddatlari, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganda to'lanadigan ishdan bo'shatish nafaqasini hamda boshqa kompensatsiya to'lovlarini to'lash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi, agar ular belgilanmagan bo'lsa, xodimlarga ushbu Kodeks hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan umumiy kafolatlar tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.