Mehnat kodeksi

499-modda. Vaqtinchalik xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o'ziga xos xususiyatlari

Vaqtinchalik xodim ish beruvchini uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini o'z tashabbusiga ko'ra bekor qilishga haqli. Ish beruvchi tashkilotning (uning alohida bo'linmasining) tugatilishi (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi), xodimlar sonining yoki shtatining o'zgarishi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi), shuningdek xodimning malakasi yetarli bo'lmaganligi sababli bajarayotgan ishiga nomuvofiqligi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 3-bandi) mehnat shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish xususidagi o'z niyati to'g'risida vaqtinchalik xodimni kamida uch kalendar kun oldin yozma shaklda, imzo qo'ydirib ogohlantirishi shart. Vaqtinchalik xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi vaqtinchalik xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog'liq asoslarga ko'ra bekor qilingan taqdirda, vaqtinchalik xodim o'zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishidan kamida bir kun oldin yozma shaklda ogohlantiriladi. Vaqtinchalik xodimni ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismida nazarda tutilgan yozma ravishdagi ogohlantirish o'rniga ish beruvchi unga mutanosib pulli kompensatsiya to'lashga haqli. Agar jamoa shartnomasida yoki mehnat shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, vaqtinchalik xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo'shatish nafaqasi to'lanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Vaqtinchalik xodim ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishning o'ziga xos qoidalari mavjud. Ish beruvchi tashkilot yopilsa, xodimlar soni o'zgarsa yoki xodim malakasi yetarli bo'lmasa, kamida uch kun oldin yozma ogohlantirish kerak. Xodimning aybli harakati sababli bekor qilsa, kamida bir kun oldin ogohlantirish yetarli. Kimga tegishli Bu qoida vaqtinchalik xodimlar va ularni ishga oladigan ish beruvchilar uchun qo'llaniladi. Amalda Kompaniya vaqtinchalik xodimni ish beruvchining o'z tashabbusiga ko'ra bekor qilmoqchi bo'lsa, uch kun oldin yozma xat yuborishi kerak. Agar xodim ishga kelmasa yoki ish tartibini buzsa, bir kun oldin ogohlantirish yetarli bo'ladi. Ogohlantirish o'rniga pul berish ham mumkin.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Mehnat nizosi bo‘yicha sudga arizaIsh haqi, bo‘shatish yoki hisob-kitob bo‘yicha da’vo. Mehnat da’volarida davlat boji yo‘q.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.