Vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat ta'tili ular vaxtalar oralig'idagi dam olish kunlaridan foydalanganidan keyin berilishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi qismidagi talab vaxta usulida ishlovchi shaxslarning ta'tillar jadvalini tuzish chog'ida hisobga olinishi kerak.
Agar vaxta usulida ishlovchi shaxsning yillik mehnat ta'tilining tugashi vaxtalar oralig'idagi dam olish kunlariga to'g'ri kelsa, unda ish beruvchi xodimning roziligi bilan:
vaxta boshlanguniga qadar xodimni vaqtincha boshqa ishga o'tkazishi;
vaxta boshlanguniga qadar xodimga ish haqi saqlanmagan holda ta'til berishi;
xodimni vaxtaning boshqa smenasiga o'tkazishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
471-modda. Vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat ta'tili berishning o'ziga xos xususiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.