Ish beruvchi kasanachi uchun ishlab chiqarish topshirig'ini belgilashda butun ishlar majmuini bajarish uchun ish vaqtining umumiy davomiyligi normal yoki qisqartirilgan ish vaqti davomiyligidan oshib ketmasligi uchun ishlarning ayrim turlarini bajarishga doir vaqt normativlarini hisobga olishi kerak.
Kasanachi ishlab chiqarish topshirig'i hajmidan hamda mehnat shartnomasida belgilangan boshqa shartlardan kelib chiqqan holda o'zi uchun ish vaqti davomiyligini, ish jadvalini va tartibini mustaqil ravishda belgilaydi.
Kasanachi ish vaqtini o'z xohishiga ko'ra taqsimlashini inobatga olib, u bajargan barcha ish uchun bir hissa miqdorda haq to'lanadi va unga nisbatan ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida, shuningdek tungi vaqtda ishlaganligi uchun mehnatga haq to'lash shartlari tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
448-modda. Kasanachining ish vaqti
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.