Mehnat kodeksi

438-modda. O'rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq to'lash

O'rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq to'lash ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda, ishlab chiqarish natijasiga yoxud mehnat shartnomasida belgilangan boshqa shartlarga qarab amalga oshiriladi. Mehnatga haq to'lashning vaqtbay shaklida o'rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga normalangan topshiriqlar belgilansa, mehnatga haq to'lash haqiqatda bajarilgan ish hajmi uchun yakuniy natijalar bo'yicha amalga oshiriladi. Ish haqiga tuman koeffitsiyentlari belgilangan tumanlarda o'rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga mehnatga haq to'lash ushbu koeffitsiyentlarni hisobga olingan holda amalga oshiriladi. O'rindoshlik asosida ishlash uchun mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda, ishlab chiqarish natijasiga yoki mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa shartlarga qarab qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori asosida hisob-kitob qilingan miqdordan kam bo'lmasligi kerak. Xodimning o'rtacha ish haqini hisoblab chiqarishda, ushbu hisoblab chiqarishning maqsadlaridan qat'i nazar, asosiy ish joyi bo'yicha ish uchun va o'rindoshlik asosida ish uchun ish haqi alohida-alohida hisob-kitob qilinadi. Agar jamoa shartnomasida yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo'mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan o'zga ichki hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, o'rindoshlik asosida ishlovchilar mehnatiga haq to'lash shakllari va tizimlari, mukofotlar, qo'shimcha haq, ustamalar, rag'batlantiruvchi to'lovlar to'lash mazkur ish o'zi uchun asosiy ish bo'lgan xodimlarga belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** O'rindoshlik asosida ishlayotgan odamlar o'z mehnatiga pul to'lovini bajarilgan ish miqdori, sifati yoki shartnomasida yozilgan boshqa shartlarga qarab oladi. Agar vaqtbay haq belgilangan bo'lsa, faqat haqiqatda bajarilgan ishga to'lov beriladi. Tuman koeffitsiyentlari bo'lgan joyda ular hisobga olinadi. **Kimga tegishli** Bu qoida o'rindoshlik asosida ishlayotgan barcha shaxslarga, shuningdek ularning o'rtacha ish haqi hisoblanishiga tegishli. **Amalda** Qurilish kompaniyasida o'rindoshlik asosida ishlayotgan usta oyiga 100 soat ish qildi. Agar shartnomada "har bir soat uchun 50 ming so'm" deb yozilgan bo'lsa, u 5 million so'm oladi. Agar 80 soat ish qilgan bo'lsa, 4 million so'm oladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.