Xodimning yozma arizasiga ko'ra, o'rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma'lumotnoma asosida asosiy ish joyidagi ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasiga ish davrlarini ko'rsatgan holda o'rindoshlik asosidagi ish to'g'risida yozuv kiritiladi. O'rindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan ma'lumotnomaning shakli O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
O'rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma'lumotnoma asosiy ish joyida saqlanadi.
Ichki o'rindoshlik chog'ida xodimning mehnat daftarchasiga yozuv uning yozma arizasi asosida kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
436-modda. Xodimning mehnat daftarchasiga o'rindoshlik asosidagi ishi to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritish
(436-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.