Mehnat kodeksi

432-modda. O'rindoshlik asosida ishlash tushunchasi

O'rindoshlik asosida ishlash xodimning o'zining asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo'yicha asosiy ishidan bo'sh vaqtida boshqa muntazam haq to'lanadigan ishni bajarishidir. O'rindoshlik asosidagi ish xodim tomonidan o'zining asosiy ish joyida (ichki o'rindoshlik) yoki boshqa ish beruvchida (tashqi o'rindoshlik) bajarilishi mumkin. O'rindoshning asosiy ish joyi, ushbu ish to'liq yoki to'liqsiz ish vaqti shartlari asosida bajarilishidan qat'i nazar, xodimning mehnat daftarchasi yuritilayotgan ish beruvchidagi ishidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.