Mehnat kodeksi

43-modda. Xodimlar vakillarining huquqlari

Xodimlarning vakillari quyidagi huquqlarga ega: jamoa muzokaralarini olib borish, jamoa kelishuvlarini, jamoa shartnomalarini tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish; ijtimoiy sheriklikning turli darajalarida ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish masalalarini hal qilishda ishtirok etish; tashkilotning ichki normativ hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, mehnat to'g'risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda esa ish beruvchi tomonidan tegishli ichki hujjat qabul qilinishiga o'z roziligini yoki noroziligini bildirish; mehnat to'g'risidagi qonunchilikka, xodimlarning vakillari bilan kelishilgan holda qabul qilingan ichki hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; ish beruvchilarga, ularning vakillariga mehnat to'g'risidagi huquqiy hujjatlarni tayyorlash bo'yicha takliflar kiritish; vakolatli davlat organlariga xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etishni to'xtatish to'g'risida takliflar kiritish; mehnat masalalari, tashkilotning faoliyati, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha zarur axborot olish; ish joylariga moneliksiz tashrif buyurish, ish beruvchilardan, ularning vakillaridan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur ma'lumotlarni olish; mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) organlarida xodimlarning manfaatlarini himoya qilish; ish beruvchining va u vakolat bergan shaxslarning qarorlari ustidan, agar ular qonunchilikka yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga zid bo'lsa yoxud xodimlarning huquqlarini boshqacha tarzda buzadigan bo'lsa, sudga shikoyat qilish; agar xodimlarning ijtimoiy-mehnat munosabatlaridagi huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan boshqa harakatlar qonunchilikka zid bo'lmasa, ularni ham amalga oshirish. Xodimlarning vakillari tomonidan huquqlarni amalga oshirish ish beruvchilarning ish samaradorligini pasaytirmasligi, ularning belgilangan ish tartibi va rejimini buzmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Xodimlar vakillari — bu ishchilarning manfaatlarini himoya qiladigan vakil shaxslar. Ular jamoa bilan ish beruvchi o'rtasida muzokaralar olib boradi, ichki qoidalarni tuzishda ishtirok etadi va mehnat qonunlarini bajarilishini nazorat qiladi. Vakilllar xodimlarning huquqlarini sudda himoya qilishlari mumkin. **Kimga tegishli** Bu huquqlar tashkilotdagi xodimlar vakillari va ularning vakolatli vakilllariga tegishli. **Amalda** Agar ish beruvchi xodimlarning ish vaqtini qonunga zid ravishda oshirsa, vakilllar buni to'xtatish to'g'risida taklifni kiritishlari yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin. Vakilllar ish joyiga tashrif buyurib, xodimlarning xavfsizlik shartlarini tekshirishlari ham mumkin.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.