Mehnat kodeksi

422-modda. Mehnat shartnomasini ota-onadan birining (ota-ona o'rnini bosuvchi shaxsning) va vakolatli organlarning talabiga ko'ra bekor qilish

(422-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)

Ota-onadan biri (ota-ona o'rnini bosuvchi shaxs), shuningdek mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar hamda bolalar masalalari bo'yicha komissiyalar, agar ishni davom ettirish o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarning hayotiga va sog'lig'iga, xavfsizligiga hamda ma'naviy jihatdan kamol topishiga tahdid solayotgan bo'lsa yoki ularga boshqacha tarzda ziyon yetkazishi mumkin bo'lsa, bunday shaxslar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.