O'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari umumiy ishlab chiqarish normalaridan kelib chiqqan holda ushbu xodimlar uchun belgilangan qisqartirilgan ish vaqtiga mutanosib ravishda belgilanadi.
Umumiy o'rta ta'lim yoki o'rta maxsus, professional ta'lim olganidan keyin ishga kirayotgan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlar uchun, shuningdek ishlab chiqarish ta'limi shartnomasi bo'yicha ta'lim olgan xodimlar uchun mehnat to'g'risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq pasaytirilgan ishlab chiqarish normalari belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
419-modda. O'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.