Har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi quyidagilardan oshishi mumkin emas:
o'n beshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan xodimlar uchun — olti kunlik ish haftasida — to'rt soatdan, besh kunlik ish haftasida — besh soatdan, o'n oltidan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlar uchun esa olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu o'ttiz daqiqadan;
o'quv yili davomida ishni o'qish bilan birga olib boruvchi umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarining o'n beshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan o'quvchilari uchun — olti kunlik ish haftasida — ikki soatdan, besh kunlik ish haftasida — ikki soatu o'ttiz daqiqadan, o'n oltidan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan o'quvchilari uchun esa olti kunlik ish haftasida — uch soatdan, besh kunlik ish haftasida — to'rt soatdan.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
416-modda. O'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlar uchun har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi
(416-модданинг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.