Mehnat kodeksi

374-modda. Ishlab chiqarish ta'limi shartnomasining mazmuni

Ishlab chiqarish ta'limi shartnomasida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: taraflarning nomi; o'quvchi tomonidan olinadigan aniq malaka; ish beruvchining o'quvchiga ishlab chiqarish ta'limini o'tash uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlash majburiyati; o'quvchining ishlab chiqarish ta'limini o'tash va olingan malakaga muvofiq ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bo'yicha ishlab chiqarish ta'limi shartnomasida belgilangan muddat davomida ishlab berish majburiyati; ishlab chiqarish ta'limining muddati; o'qish davrida mehnatga haq to'lash miqdori; taraflarning rekvizitlari. Ishlab chiqarish ta'limi shartnomasida taraflarning kelishuvi bilan belgilangan boshqa shartlar ham bo'lishi mumkin. Ishlab chiqarish ta'limi shartnomasida belgilangan, ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bo'yicha ishlab berish muddati ishlab chiqarish ta'limi muddatiga hamda ish beruvchining uni o'tkazishga doir chiqimlariga mutanosib bo'lishi va har qanday holda ham ushbu Kodeksning 110-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisiga muvofiq belgilangan muddatli mehnat shartnomasining eng ko'p davridan oshib ketmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.