Xodimning malakasi uning muayyan kasbiy faoliyat turini bajarishga tayyorligini tavsiflaydigan kasbiy bilimlari, malakalari, ko'nikmalari, layoqati va ish tajribasining darajasidir.
Kasb standarti asosiy mehnat vazifalari va ularni bajarish shartlari tavsifini o'z ichiga olgan, mehnat bo'yicha malaka darajasiga, layoqatga, mehnat sifati va shart-sharoitlariga doir talablarni belgilaydigan standartdir. Kasbiy standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va qo'llash tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Agar qonunchilikda xodimga muayyan mehnat vazifasini bajarish uchun zarur bo'lgan malakaga nisbatan talablar belgilangan bo'lsa, kasbiy standartlarning mazkur talablarga doir qismi ish beruvchilar tomonidan qo'llanilishi shart.
Kasb standartlarida ko'rsatilgan va qo'llanilishi majburiyligi ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq belgilanmagan malakalarning tavsiflari ish beruvchilar tomonidan xodimlarning malakasiga doir talablarni aniqlash uchun asos sifatida qo'llaniladi, bunda xodimlarning qo'llanilayotgan texnologiyalarga hamda qabul qilingan ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishga bog'liq holda bajarayotgan mehnat vazifalarining o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi.
lex.uz’dagi asl matn369-modda. Xodimning malakasi va kasbiy standart tushunchalari
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Xodimning malakasi — bu kasbiy bilim, ko'nikma va ish tajribasining darajasi. Kasb standarti — bu mehnat vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan talablarni belgilaydigan hujjat. Agar qonun muayyan malakani talab qilsa, ish beruvchi uni qo'llashi shart.
**Kimga tegishli**
Bu talablar ish beruvchi va xodimga tegishli.
**Amalda**
Masalan, shifoxona shifokor sifatida xodimni qabul qilmoqchi bo'lsa, uning tibbiyot diplomi va malaka sertifikati bo'lishi kerak. Ish beruvchi kasb standartida ko'rsatilgan talablarni tekshiradi va xodimning bilimini tekshirib, keyin ish beradi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.