Mehnat kodeksi

36-modda. Mehnat jamoasi

(36-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1150-сонли Қонунига асосан олтинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.06.2026 й., 03/06/1150/0587-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 12 сентябрь)

Ish beruvchida mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan barcha xodimlar mehnat jamoasini tashkil etadi. Mehnat jamoasi ijtimoiy sheriklik sohasidagi o'z vakolatlarini umumiy yig'ilish (konferentsiya) o'tkazish orqali amalga oshiradi. Mehnat jamoasining umumiy yig'ilishi, agar unda ish beruvchida mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarning yarmidan ko'prog'i hozir bo'lsa, vakolatli hisoblanadi. Mehnat jamoasining konferentsiyasi, agar unda tashkilot bo'linmalari delegatlarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo'lsa, vakolatli hisoblanadi. Mehnat jamoasi umumiy yig'ilishining (konferentsiyasining) qarori, agar umumiy yig'ilishda (konferentsiyada) ishtirok etayotgan xodimlarning (delegatlarning) ellik foizidan ko'prog'i uni yoqlab ovoz bergan bo'lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Mehnat jamoasining umumiy yig'ilishi (konferentsiyasi): xodimlarning mehnat jamoasi manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan vakillik organini belgilaydi; jamoa shartnomasini ma'qullash yoki ma'qullamaslik to'g'risida qaror qabul qiladi; amal qilishi tegishli xodimlarga va ish beruvchiga nisbatan tatbiq etiladigan jamoa kelishuvlarining, shuningdek jamoa shartnomasining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; jamoa kelishuvining, jamoa shartnomasining taraflar tomonidan ijro etilishi samaradorligiga baho beradi; ish tashlashga oid masalalar to'g'risida qaror qabul qiladi; qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq o'zga vakolatlarni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Mehnat jamoasi - bu ish beruvchida shartnoma asosida ishlayotgan barcha xodimlarning birgalikdagi tashkiloti. Ular o'z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun umumiy yig'ilish yoki konferentsiya o'tkazib qaror qabul qiladi. Mehnat jamoasi xodimlarning ovozini ish beruvchiga yetkazadi. Kimga tegishli Mehnat jamoasi ish beruvchida mehnat shartnomasi asosida faoliyat ko'rsatayotgan barcha xodimlarni o'z ichiga oladi. Amalda Zavod xodimlarining 60 foizi yig'ilishda ishtirok etdi va jamoa shartnomasini ma'qullash to'g'risida qaror qabul qildi. Bu qaror vakolatli hisoblanadi, chunki zarur miqdordagi xodimlar hozir bo'ldi va ko'pchilik uni qo'llab-quvvatladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.