Mehnat kodeksi

348-modda. Xodimni o'qitish bilan bog'liq xarajatlarning o'rnini qoplash

Xodim mehnat shartnomasini shartnomada yoki ish beruvchining hisobidan o'qitish to'g'risidagi kelishuvda shartlashilgan muddatdan oldin uzrli sabablarsiz bekor qilingan taqdirda, xodim ish beruvchi uni o'qitish uchun qilgan, o'qish vaqti tugaganidan keyin haqiqatda ishlab bermagan vaqtiga mutanosib tarzda hisoblab chiqarilgan xarajatlarning o'rnini, agar mehnat shartnomasida yoki o'qitish to'g'risidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, qoplashi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.