Mehnat kodeksi

336-modda. Xodimning hayotiga va sog'lig'iga yetkazilgan ziyonning o'rnini qoplash to'g'risidagi arizalarni ko'rib chiqish tartibi

Hayotiga va sog'lig'iga yetkazilgan ziyonning o'rnini qoplash to'g'risidagi ariza ish beruvchiga jabrlangan xodim tomonidan, u vafot etgan taqdirda esa ziyonning o'rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo'lgan manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi. Ish beruvchi ariza kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kun ichida arizani ko'rib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart. Ish beruvchining xodimga hayotiga va sog'lig'iga yetkazilgan ziyonning o'rnini qoplash to'g'risidagi buyrug'ining ko'chirma nusxasi yoki ish beruvchining asoslantirilgan yozma rad javobi xodimga yoki ziyonning o'rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo'lgan manfaatdor shaxslarga ushbu buyruq qabul qilingan kundan e'tiboran uch kunlik muddatda topshiriladi. Xodim yoki ziyonning o'rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo'lgan manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan rozi bo'lmagan yoki ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, ular ushbu nizoni hal qilish uchun sudga murojaat qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.