Ish beruvchi xodimning mehnatda mayib bo'lishi va (yoki) kasb kasalligi tufayli hayotiga yoki sog'lig'iga yetkazilgan ziyonning o'rnini qoplashi shart.
Ish beruvchi o'z hududida ham, uning tashqarisida ham mehnat vazifalarini bajarishda, shuningdek ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga borish yoki ishdan qaytish vaqtida mehnatda mayib bo'lishi tufayli xodimning hayotiga yoki sog'lig'iga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgar bo'ladi.
Ish beruvchi, agar ziyon uning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlab berolmasa, mehnatda mayib bo'lish va (yoki) kasb kasalligi tufayli xodimga yetkazilgan ziyonning o'rnini qoplashi shart.
O'z mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtida yuqori xavf manbaidan xodimning hayotiga yoki sog'lig'iga yetkazilgan ziyonning o'rnini ish beruvchi, agar ziyon uni bartaraf etish mumkin bo'lmagan kuchlar tufayli yoki jabrlanuvchi qasddan qilganligi oqibatida kelib chiqqanligini isbotlab berolmasa, qoplashi shart.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
321-modda. Ish beruvchining xodimning hayotiga yoki sog'lig'iga yetkazilgan ziyonning o'rnini qoplash majburiyati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.