Mehnat kodeksi

297-modda. Intizom to'g'risidagi ustavlar va nizomlar

Intizom to'g'risidagi ustavlar va nizomlar iqtisodiyotning muayyan tarmoqlari xodimlarining ayrim toifalariga, shuningdek ayrim davlat organlarining xodimlariga nisbatan tatbiq etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi, ushbu xodimlar tomonidan mehnat intizomining buzilishi o'ta og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Intizom to'g'risidagi ustavlar va nizomlar O'zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezidentining farmonlari, qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi. Intizom to'g'risidagi ustavlar va nizomlarda ularning amal qilishi o'ziga nisbatan tatbiq etiladigan xodimlarning doirasi belgilanadi, xodimlarning, shuningdek intizomiy jazo choralarini qo'llash huquqiga ega bo'lgan mansabdor shaxslarning huquq va majburiyatlari, rag'batlantirishlarning, intizomiy jazolarning turlari, ularni qo'llash tartibi nazarda tutiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.