Ish beruvchi quyidagi kafolatli qo'shimcha to'lovlarni amalga oshirishi shart:
ish beruvchiga va xodimga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra bekor turib qolish chog'ida bunday bekor turib qolish davom etgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan, tarif stavkasining (maoshning) kamida uchdan ikki qismini to'lashi;
ish beruvchiga va xodimga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra xodim tomonidan mehnat normalari, mehnat (lavozim) majburiyatlari bajarilmaganda xodimning amalda ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshning) kamida uchdan ikki qismini saqlab qolishi;
tungi vaqtdagi ish uchun xodimga qo'shimcha to'lovni amalga oshirishi;
dam olish, ishlanmaydigan bayram kunlaridagi va ish vaqtidan tashqari ish uchun oshirilgan miqdorda haq to'lashi;
o'zi uchun ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan xodimlarga to'liq ish vaqtida ishlovchi tegishli toifadagi xodimlar uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to'lash miqdorigacha bo'lgan qo'shimcha to'lovni amalga oshirishi;
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan ayrim asoslar bo'yicha mehnat shartnomasi bekor qilinganida mazkur Kodeksning 173-moddasining uchinchi qismida belgilangan miqdorda ishdan bo'shatish nafaqasini to'lashi;
qonunchilikda belgilangan tartibda o'rtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo'yicha nafaqa to'lashi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatli qo'shimcha to'lovlardan tashqari ish beruvchi xodimlarga ushbu Kodeksda, qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan boshqa kafolatli qo'shimcha to'lovlarni amalga oshirishi shart.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
281-modda. Ish beruvchining xodimga kafolatli qo'shimcha to'lovlarni amalga oshirish majburiyati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.