Mehnat kodeksi

273-modda. Mehnat normasining turlari

(273-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)

Mehnat normasining turlari quyidagilardan iborat: vaqt normasi — muayyan tashkilot uchun eng ma'qul bo'lgan tashkiliy-texnik sharoitlarda bir xodim yoki tegishli son va malakadagi xodimlar guruhi tomonidan muayyan ish birligini (bitta mahsulot, bitta operatsiyani) bajarish uchun zarur bo'lgan ish vaqti miqdori. Qoida tariqasida, norma-soatda, kishi-soatda, kishi-daqiqada, soniyalarda hisoblab chiqiladi. ishlab chiqarish normasi — muayyan tashkiliy-texnik sharoitlarda vaqt birligida bir xodim yoki muayyan tashkiliy-texnik sharoitlarda tegishli son va malakadagi xodimlar guruhi tomonidan smena davomida bajarilishi kerak bo'lgan ish hajmi; xodimlar soni normasi — muayyan tashkiliy-texnik sharoitlarda ishlab chiqarish topshirig'ini bajarish uchun zarur bo'lgan muayyan kasbiy malakaga ega xodimlar soni; xizmat ko'rsatish normasi — smena davomida muayyan tashkiliy-texnik sharoitlarda bir xodim yoki tegishli son va malakadagi xodimlar guruhi tomonidan xizmatlar ko'rsatilishi kerak bo'lgan asbob-uskunalar, hududlarning maydonlari va xizmat ko'rsatish ob'yektlarining belgilangan birligi soni; alohida lavozimlarni kiritish normasi — tegishli davlat boshqaruvi organi tomonidan tashkilotning alohida vazifalari va funktsiyalarini bajarish uchun zarur bo'lgan, byudjet tashkilotlari uchun belgilangan xodimlar soni; boshqariluvchanlik normasi — bevosita bitta rahbarga bo'ysunishi kerak bo'lgan xodimlar soni; malaka normasi — xodimning mehnat vazifasini bajarishi uchun zarur bo'lgan malaka (bilim, mahorat, ko'nikma) darajasi; davlat kasbiy standartlari (kasbiy faoliyat standartlari) — xodimga muayyan bir kasbiy faoliyat turini amalga oshirish, shu jumladan muayyan mehnat vazifasini bajarish uchun zarur bo'lgan malaka tavsiflari; zarur mehnat sarflarini belgilovchi boshqa normalar. Mehnatni tashkil etish va haq to'lashning jamoaviy shakllari sharoitlarida mahsulotning aniq hajmiga, umuman texnologik jarayonga yoki muayyan ishlar (xizmatlar) hajmiga nisbatan belgilanadigan yiriklashtirilgan mehnat normalari, shuningdek qabul qilingan mehnat normalari negizida hisoblab chiqilgan o'zaro bog'liq bo'lgan ishlar ko'lamini tavsiflovchi pirovard yiriklashtirilgan o'lchov (kub metr, kvadrat metr, mahsulotning mingta birligi va boshqalar) bo'yicha belgilanadigan yiriklashtirilgan mehnat normalari qo'llanilishi mumkin. Mehnat normalari to'liq ish vaqti davomida tegishli malakaga ega bo'lgan xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko'rsatilgan mehnat vazifasini to'liq bajarishga qodir bo'ladigan tarzda belgilanishi kerak. Bir turdagi ishlar uchun O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan namunaviy (tarmoq, tarmoqlararo, kasbiy va boshqa) mehnat normalari tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.