Mehnat kodeksi

258-modda. Qisqartirilgan va to'liqsiz ish vaqtida mehnatga haq to'lash

Qisqartirilgan ish vaqti sharoitlarida band bo'lgan xodimlarning ish haqi normal ish vaqti uchun belgilangan to'liq hajmda to'lanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoida mazkur Kodeks 415-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan, o'quv yili davomida o'qishdan bo'sh vaqtida ishlaydigan o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarning mehnatiga haq to'lash ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda yoki ishlab chiqargan mahsulotiga qarab amalga oshiriladigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi. To'liqsiz ish vaqtida (to'liqsiz ish kuni, to'liqsiz ish haftasi, to'liqsiz ish kunining va to'liqsiz ish haftasining qo'shilishi) ishlaydigan xodimlarning mehnatiga haq to'lash ishlab berilgan vaqtiga mutanosib ravishda yoki haqiqatda ishlab chiqargan mahsulotiga qarab amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.